Kontent qismiga oʻtish

Koʻrichak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻrichakodam va sut emizuvchi xayvonlarda (ayrim hasharotxoʻrlar, ayiqlar, gippopotamlar, oztishlilar va kitsimonlardan tashqari) yoʻgʻon ichakning boshlanish qismi; oʻz. oʻrtacha 6—8 sm, kengligi 4—7 sm. Oʻng yonbosh chuqurchasida joylashgan boʻlib, uning yonbosh ichakka qoʻshilish joyida qanatning yarimoysimon burmalari — qopqogʻi bor. K. qisqarganda qopqoq yopilib, yoʻgʻon ichakdagi massa ingichka ichakka qaytib chiqmaydi. K.dan yoʻgʻon ichak (koʻtariluvchi chambar ichak) boshlanadi.[1]Koʻrichak (caecum) yoʻgʻon ichakning boshlang’ich kengaygan qismi boʻlib, oʻng yonbosh chuqurchasida joylashgan. U yonbosh ichakning yoʻg’on ichakka tushish joyidan pastda bo’lib uzunligi 6—8 sm. kengligi 7—7,5 sm. Uning orqa yuzasi yonbosh va katta bel mushaklariga, oldingi yuzasi qorinning oldingi devoriga tegib turadi. Qorinparda bilan har tomondan oʻralgan boʻlsada ichak tutqichi yoʻq. Katta yoshdagi odamda koʻrichakning joylashish turlicha boʻladi. U yonbosh suyagi oldingi yuqorigi oʻsimtasidan tepada yoki kichik chanoq boʻshligʻida joylashishi mumkin. Ko'richakning orqa medial yuzasida mushak tasmalari oʻzaro birikkan joydanchuvalchangsimon oʻsimta (appendix vermi formis) boshlanadi. Uning uzunligi 2—20 sm, kengligi 0,5—1 sm. U qorin parda bilan hamma tomondan o'ralib tutqich (mesoappendex) hosil qiladi. Bu o'simtaning joylashishi koʻrichakning holati va uzunligiga bog’liq. Asosan u oʻng yonbosh chuqurchasida, ba’zan yuqori, pastroqda yoki koʻrichakning orqasida bo’lishi mumkin. Uning shilliq pardasida juda koʻp limfoid fo’llikullalar to'plami (folliculi lymphatici aggregati appendices vermiformis) joylashgan. Yonbosh ichakni koʻrichakka oʻtish joyida yaxshi taraqqiy etgan burma shaklidagi qopqoq (valva ileocaecalis) bor. U quyg'ich shaklida boʻlib, tor qismi koʻrichak boʻshligʻiga qaragani uchun ovqat massasini bir tomonga qarab oʻtkazadi. Chuvalchangsimon o’simta tirqishi atrofida shilliq parda burmasi shaklidagi qopqoq bor.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil