Koʻpers-Krik
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻpers-Krik, yuqori oqimida Barku— Avstraliyaning markaziy qismidagi daryo. Oʻz. 1400 km, havzasining maydoni 285 ming km². Katta Suvayirgʻich tizmasining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanib, Katta Artezian havzasining chala choʻl va choʻllaridan oqadi. Yomgʻir va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 70 m³/sek. Mavsumiy kuchli yomgʻirli davrlarda Eyr oqmas koʻligacha yetib boradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |