Koʻkboshchitir
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻkboshchitir (Delphinium songoricum) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasi oddiy yoki ostki qismidan shoxlangan, boʻyi 15—20 sm. Yopirma barglari bandli, 3 boʻlakka ajralgan. Guli qiyshiq, gulkoʻrgʻoni och pushti. Gulyonbarglari mayda, bigizsimon, tukli. Gulbandi sertuk. Bargi sal egilgan, oʻz. 10– 15 mm. Urugʻi 1,2–2 mm. May — iyunda gullab, urugʻ tugadi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridagi qumli yerdarda koʻp oʻsadi. Yem-xashak oʻsimlik.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |