Koʻkayoz botigʻi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻkayoz botigʻi — Qizilqumning shim. (Navoiy viloyati)dagi botiq. Shim.gʻarbdan jan.-sharqga yoʻnalgan. Oʻz. 18–20 km, enioʻrtacha 2–3 km. Balandligi 160– 180 m. Koʻkayoz botigʻi shimolida qumli balandlik (225 m) joylashgan, jan. kumli tekislikdan iborat. Shimoliy yon bagʻri tikroq va zinapoyasimon pasayib boradi, koʻplab quruq soylar bilan parchalangan. Janubiy yon bagʻri ancha yotiq (10°) va tekislikka tutashgan. Botiqning tubi shoʻrxok bilan band. Shimoliy yon bagʻrida boʻr davri yotqiziklari yuzasi ochilib qolgan. Ular gipsli gil, mergel, alevrit, qumlardan iborat. Shoʻrxok qismining chekkalarini bir yillik shoʻralar, qora saksovul, yulgʻun egallagan. Qumli va choʻl tuproqlarda iloq, qoʻngʻirbosh, oq saksovul, joʻzgʻun tarqalgan. Koʻkayoz botigʻining gʻarbida Koʻkayoz qishlogʻi mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |