Kontent qismiga oʻtish

Koʻk koshona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻk koshona - Oq Oʻrda xonlari dafn etilgan nekropol (daxma). Sigʻnoqdan 8 km jan.-sharkda joylashgan. Koʻk koshona pishiq gʻishtdan, baland, koʻk kigizdan naqshlar bilan bezatilib, oʻziga xos meʼmoriy uslubda qurilgan. Koʻk koshona atrofida bir qancha yirik janglar sodir boʻlgan. Xususan, 15-asrning 60-yillarida qalmiklar xoni Temurtosh (Oʻztemurtoyshi) oʻzining 170 ming otliqlari bilan Abulxayrxonga qarshi chiqqan. Koʻk koshonada qattiq jang boʻlgan. Abulxayrxonning sarkardalari Baxtiyor sulton va Ahmad sultonlar bu jangda halok boʻlishgan. Abulxayrxon Sigʻnoqqa chekingan. Qalmiklar Shohruxiyagacha boʻlgan yerdarni talab qaytib ketishgan. Keyinchalik Muhammad Shayboniyxon ham Koʻk koshona atrofida qozoq xonlariga qarshi bir qancha janglar olib borgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil