Rudolf Clausius
Rudolf Clausius | |
---|---|
nemischa: Rudolf Julius Emanuel Clausius | |
Tavalludi | 2-yanvar 1822[1] |
Vafoti | 24-avgust 1888[1] |
Fuqaroligi | Prussiya qirolligi |
Rudolf Julius Emanuel Clausius (1822.2.1, Kyoslin, hozirgi Koshalin, Polsha — 1888.24.8, Bonn) — nemis fizigi, termodinamika va gazlar kinetik nazariyasi asoschilaridan biri. Berlin universitetini tugatgan (1848). Syurix (1857-yildan), Vyursburg (1867-yildan) va Bonn (1869-yildan) universitetlari professor Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini taʼriflab bergan (1850). Entropiya tushunchasini kiritgan (1865). Moddaning erish temperaturasi oʻzgarishini bosim oʻzgarishi bilan bogʻlovchi tenglamani (qarang Clausius–Clapeyron tenglamasi) asoslab bergan (1850). Ideal gaz, shuningdek, molekulalarning erkin yugurish uzunligi tushunchasini fanga kiritgan va birinchi boʻlib shu uzunlikni hisoblagan (1860). K. elektroliz nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Joul—Lens qonuninp nazariy jihatdan asoslagan, termoelektr nazariyasini rivojlantirgan, dielektriklarning qutblanish nazariyasini ishlab chiqqan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |