Klapan
Klapan (nemischa: „Klappe“ — toʻsiq) — mashina va mexanizmlarda havo, suv, bugʻ, gaz oqimlarini boshqarishga imkon beruvchi detal (qurilma). Vazifasiga koʻra, klapan drosselli, reduksion, rostlash, teskari, saqlagich, avariyaning oldini oluvchi, berkitish va boshqa; toʻzilishi boʻyicha ventilli, zolotnikli, joʻmrakli va boshqalarga boʻlinadi. Klapan elektrik, pnevmatik, gidravlik yuritmalar bilan, shuningdek, dastaki usulda harakatga keltiriladi. Truboprovodlarda qoʻl bilan ochilib-yopiladigan, nasos va kompressorlarda 2 tomondagi bosimlar farqi hisobiga avtomatik tarzda ochilib-yopiladigan klapanlar qoʻllanadi. Ichki yonuv dvigatellari va bugʻ mashinalaritsa alohida mexanizm vositasida boshqarib turiladigan; rezervuardagi havo bosimini bir meʼyorda toʻtib turish va ehtiyot qilish uchun ishlatiladigan klapanlar bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |