Kontent qismiga oʻtish

Kiyomidin Muftaydinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qiyomiddin Muftaydinov
Tavalludi 1953-yil 5-mart
Andijon viloyati, Asaka tumani
Kasbi buxgalter-iqtisodchi
Ish joylari Andijon mashinasozlik instituti
Taʼlimi Toshkent xalq xo`jaligi instituti
Ilmiy unvoni iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Veb-sayt andmiedu.uz

Kiyomiddin Muftaydinov (1953-yil 5-mart, Asaka tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor (2004). Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori [1] [2].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiyomiddin Muftaydinov 1953-yil 5-mart kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tugʻilgan. 1975-yilda Jizzax qishloq xoʻjaligi texnikumini, 1979-yilda esa Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan. 1984-yilda esa Leningrad davlat universiteti aspiranturasini muvaffaqiyatli tamomlagan. 1972-1974 yillarda SSSRning Tinch okeani flotida dengiz piyodasi serjanti sifatida harbiy xizmatni oʻtagan. Mutaxassisligi boʻyicha buxgalter-iqtisodchi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiyomiddin Muftaydinov ilk mehnat faoliyatini 1979-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Andijon filiali siyosiy iqtisod kafedrasi assistentligidan boshlagan. Turli yillarda, jumladan 1985-1988-yillarda Andijon viloyati partiya qoʻmitasi maʼruzachilar guruhi aʼzosi, qishloq xoʻjaligi va oziq – ovqat sanoati boʻlimi boshliq muovini, 1988-1990-yillarda Andijon viloyati Marhamat tumani partiya qoʻmitasi 2 – kotibi, 1990-1991-yillarda Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi ishlari boshqaruvchisi, 1991-1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri, boshqaruv fakulteti decani, 1995-2011-yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektori, 2011-2019-yillarda Andijon mashinasozlik instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, 2019-2021 yillarda Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori vazifasida ishlab kelmoqda.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984-yil 24-oktyabrida Sankt-Peterburg davlat universitetida „Agrosanoat majmuasining birlamchi boʻgʻinida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kontsentratsiyasi“ („Spesializatsiya i konsentratsiya proizvodstva v pervichnom zvene APK“)"[3] mavzusi boʻyicha 08.00.01- „Iqtisodiy nazariya“ ixtisosligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2004-yil 27-aprelida esa Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetidaIqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari“ mavzusida 08.00.01- „Iqtisodiy nazariya“ ixtisosligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan [4].

„Iqtisodiyot nazariyasi“, „Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi“ fanidan maʼruzalar oʻqiydi. 2 ta darslik[5], 2 ta oʻquv qoʻllanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi[6].

Ikki nafar oʻgʻil va bir nafar qiz farzandlari bor. Farzandlarining barchasi ilm yoʻlidan ketgan. Xususan, oʻgʻli Muftaydinov Mansur Kiyomidinnovich [7] iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Qizi Rejapova (Muftaydinova) Shahnoza Kiyomidinnovna Andijon tibbiyot instituti akusher-ginekologiya kafedrasi assistenti, Muftaydinov Bobir Kiyomidinnovich Andijon mashinasozlik instituti doktoranti.