Kivsyaklar
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kivsyaklar — ikki juftoyoqlilar kenja sinfiga mansub koʻpoyoqlilar; Julida, Spirobolida, Spirostri ptida turkumlarining umumiy nomi. Uzunligi 1—30 sm, tana shakli silindrsimon. Anamorfoz (qarang Metamorfoz), ayrim turlari periodomorfoz orqali rivojlanadi. Bunday rivojlanishda erkagi tullab lichinkaga aylanadi; lichinka tullab yana voyaga yetgan davrga oʻtadi yoki lichinka davrida qoladi. Ayrim K.ning bezlari suyuqligi zaharli. 30 mingdan ortiq turi, asosan, tropik, subtropik va dasht mintaqalarida tarqalgan. Oʻrmonlarda kulrang kivsyak (Rossiulus kessleri), qum kivsyaki (Shizophyllum sabulosum), qrim kivsyaki (Pachyiulus fl avipes) keng tarqalgan. K. oʻsimlik qoldiklari bilan oziqlanib, tuproq hosil boʻlishida katta ahamiyatga ega. Ayrim turlari oʻsimliklarga ziyon keltiradi (qarang Ikkijuftoyoqlilar).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |