Kitoy madaniyati
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kitoy madaniyati – neolit davriga oid Baykalboʻyi arxeologik madaniyati (mil. av. 3-ming yillikning oxiri – 2-ming yillik). Ilk bor Kitoy daryosi boʻyida qabrlar topilgani uchun shu nom bilan ataladi. Qabrlardan qizil oxra sepib koʻmilgan odam suyaklari topilgan. Kitoy madaniyatida alohida boy qabrlarning paydo boʻlishi jamiyatda mulkiy tabaqalanish mavjud boʻlganini hamda patriarxal urugʻchilik tuzumi shakllanayotganligidan dalolat beradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |