Kishmishtepa
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kishmishtepa — ilk oʻrta asr shahar harobasi (milodiy 5—13-asrlar). Qashqadaryo viloyatidagi Chiroqchi shahri yonida joylashgan. Oʻrta asr manbalaridagi Xushminjakas yoxud Xushminchkat shahri K. oʻrnida boʻlgan. K. ark, shahriston va keng raboddan iborat. Shahristonning umumiy maydoni 24 ga ni tashkil qilib, u mudofaa devori va xandaq bilan oʻrab olingan. K.ning eng quyi qatlamlari milodiy 5—6-asrlarga oid. Shahriston atrofidagi devor 7—8-asrlarga mansub. 9— 10-asrlarga kelib shahar kengayib, vohaning yirik shaharlaridan biriga aylantan. 13-asr boshida moʻgʻullar istilosidan soʻng shahar vayron boʻlib, hayot hozirgi Chiroqchi oʻrnida qayta tiklangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.
Svetlana Lunina.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |