Kishm
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kishm – Toxaristonning qadimgi shaharlaridan biri. Badaxshondagi Koʻkcha daryosining irmogʻi Mashhad daryo boʻyida joylashgan. Kishm tarixiy manbalarda ilk oʻrta asrdan boshlab (6—7-asrlar) uchraydi. VIII asrda bu yerda Toxaristonning turkiylardan boʻlgan bosh hukmdori – jabgʻusi Qutluq tardu (boshqa manbalarga koʻra, Xumorbek) yashagan; u, shuningdek, „eftalitlar shoqi“ unvoniga ham ega boʻlgan. Somoniylar davrida (9—10-asrlar) K. da bir yoʻla 3 zarbxona boʻlib, u temuriylar davrida ham mavjud boʻlgan. B. Ahmedovning fikricha, K. moʻgʻullar tomonidan bosib olinmagan, shahar 14-asrning 1-yarmigacha mustaqilligini saqlab qolgan. U katta bir viloyatning markazi boʻlgan. Marko Yaoyaoning maʼlumotiga koʻra, 14-asrda K.ning oʻz hokimi boʻlib, oʻnga togʻdagi bir qancha shahar va qishloqlar boʻysoʻngan. Shahar oʻrtasidan katta daryo oqib oʻtgan. K. atrofidagi aholi togʻlarda chorvachilik bilan shugʻullangan. 14-asr oxirida Amir Temur Badaxshonni egallaganda K. uning poytaxti boʻlib, Badaxshon shohi shu yerda yashagan. Temuriylar davrida K. rasman Samarqand, soʻng Hirotga qaram boʻlsada, amalda uni mahalliy sulola vakillari – Ba-daxshon shoxlari – Shoh Bahouddin, Shoh Mahmud va ularning avlodlari boshqargan. 1469 – 1505-yilda K.ni Xusravshoh idora etgan, soʻngra uni Shayboniylar qisqa muddatga egʻallashgan. K. Boburnknt ukasi Nosir mirzo qoʻliga oʻtgan; temuriylarning Badaxshondagi hukmronligi 1584-yilgacha, yaʼni uni Abdullaxon II egʻallaguncha davom etgan. 16—17-asrlarda – K. Badaxshon poytaxti. Ashtarxoniylaraan Nodir Muhammadxon davrida K. Abdulaziz sulton, soʻngra Xusrav sulton mulki boʻlgan. Hozirgi K. shahri Toliqon va Qunduzdan sharqda joylashgan alohida viloyatning maʼmuriy markazi hisoblanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |