Kir
Qiyofa
Kir, Kichik Kir (miloddan avvalgi 401-yil) — Kichik Osiyodagi Lidiya, Buyuk Frigiya, Kappadokiyanit noibi (satrapi) (408 yoki 407—401). Doro II ning oʻgli. 404-yil birodari Artakserks II Ahomaniylar davlatiga podshoh boʻlgach, hokimiyatni qoʻlga olishga harakat qilgan. Kir 401-yil katta qoʻshin toʻplab, Artakserks II ga qarshi Sarddan Bobil tomon yurish boshlagan. Ammo Kunaks boʻsagʻasidagi jangda halok boʻlib, qoʻshini magʻlubiyatga uchragan. Bu voqealar Ksenofontning „Anabasis“ida bayon etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |