Kontent qismiga oʻtish

Kinoya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinoya — uslubiy vosita; maʼqullagandek yoki rizo bergandek boʻlib, rad etish, istehzoli kulish. K.da soʻz yoki ifoda nutkda asl maʼnosiga teskari, hatto uni rad etuvchi mazmun kasb etadi. Kinoya uslubiy vosita sifatida majoziy soʻzlar orqali piching va istehzoni ifodalaydi. Komiklikning bir turi boʻlgan Kinoyada kulgililik jiddiylik niqobi ostiga yashirinib, oʻzida soʻzlovchidagi ustunlik yoxud gumonsirash tuygʻusini aks ettiradi. Kinoya xalq ogʻzaki ijodida ham, yozma adabiyot namunalarida ham keng qoʻllanadi. Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr", Gulxaniyning "Zarbulmasal", Abdulla Qahhorning "Mayiz yemagan xotin" va boshqa asarlarda K. jonli va konkret badiiylik yaratishga xizmat qilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Kinoyaga Misollar: "Nyuton" bo'lsang ham mayli edi, Fizikadan gap Ochishga