Kimxob
Qiyofa
Kimxob (fors.) — tanda ipi zar, arqogʻi ipakdan gul (naqsh) hosil qilib toʻqilgan qimmatbaho mato. Zar ipining rangiga qarab sariq K., kumush rang (oq) K. deb nomlangan; ipakning rangiga qarab koʻk K., pushti K., qizil K. farqlangan. Boy xonadonlardagi ayol va erkaklarning ustki kiyimlari (toʻn, nimcha, kamzul, paranji va boshqalar), asosan, K.dan tikilgan. K. toʻqish Buxoro, Shahrisabz, Gʻijduvon shaharlarida qadimdan rivojlangan. 20-asr 20-yillarigacha Turkiston oʻlkasining chet ellarga chiqaradigan asosiy matolaridan hisoblangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |