Kim Yan Xvan
Kim Yan Xvan | |
---|---|
Tavalludi |
1884-yil Posyetskiy tumani, Janubiy Ussuriysk tumani, Primorsk viloyati, Amur viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1953-yil (69 yoshda) Quyi Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Mukofotlari |
Kim Yan Xvan (1884-yil, Posyetskiy tumani, Janubiy Ussuriysk tumani, Primorsk oʻlkasi, Amur viloyati, Rossiya imperiyasi – 1953-yil, Quyi Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, O'zbekiston SSR) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Engels nomidagi kolxoz aʼzosi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kim Yan Xvan 1884-yilda JJanubiy Ussuriysk tumanidagi qishloq aholi punktlaridan birida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan[2]. 1937-yilda butun qishloq bilan birgalikda Kim Yan Xvan ham O‘zbekiston SSR, Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan.
Dastlab oddiy kolxozchi, keyinchalik esa Quyi Chirchiq tumanidagi Engels nomidagi kolxozda dala mudiri boʻlib ishlagan.
1950-yilda Kim Yang Xvan boʻlinmasi 4 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 99 sentnerdan yashil kanop poyasi olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan unga „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1950-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1951-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan.
Kim Yan Xvan 1953-yilda Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida vafot etgan. U vafotigacha Engels kolxozida ishlagan va shu kolxozdagi mahalliy qabristonga dafn etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni
- Lenin ordeni
- „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ким Ян-Хван - Герой Социалистического Труда“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.