Kim Xyon Su
Kim Xyon Su | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyun 1921-yil Koredi qishlogʻi, Olginskiy tumani, Primorsk oʻlkasi, Uzoq Sharq federal okrugi |
Vafoti |
10-noyabr 1989-yil (68 yoshda) Suronkent qishlogʻi, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Mukofotlari |
Kim Xyon Su (1921-yil 14-iyun, Koredi qishlogʻi, Olginskiy tumani, Primorsk oʻlkasi, Uzoq Sharq federal okrugi – 1989-yil 10-noyabr, Suronkent qishlogʻi, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati) – agronom, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951), Sverdlov kolxozi aʼzosi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kim Xyon Su 1921-yilda Olginskiy tumani, Koredi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabning 9-sinfini tamomlagan. U 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. 1943-yilda Qodiryo GESiga ishchi boʻlib ishlay boshlagan. U 1945-yilda Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxoz aʼzosi aylanib, oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan.
1950-yilda Kim Xyon Su jamoasi 9gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 90,7 sentnerdan yashil kenaf poyasi yigʻib oladi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan „1950-yilda kolxoz majburiy topshiriqlarni bajargani, sugʻoriladigan yerlarda yashil kenaf va barcha boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga qoʻyilgan barcha rejalar bajarilgani, 1950-yilda MTS ishiga haq toʻlash va 1951-yil bahorgi ekish uchun toʻliq talab miqdorida barcha ekinlar urugʻliklarini tayyorlagani“ uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali bilan taqdirlangan.
Kim Xyon Su 1951—1955-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikumida oʻqigan. 1955-yilda Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, brigada yordamchisi, meva-sabzavotchilik brigadasi brigadiri, klub mudiri, bogʻbon, agronom-entomolog, agronom-urugʻchi, iqtisodchi kabi lavozimlarda ishlagan. U 1970-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining sirtqi boʻlimini tamomlagan.
Kim Xyon Su 1975-yilda Ittifoq ahamiyatidagi nafaqaxoʻr sifatida nafaqaga chiqadi. Pensioner paytida, 1982—1983-yillarda Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxoz issiqxona fermasi mudiri boʻlib ishlagan.
1989-yilning noyabr oyida Kim Xyon Su Yuqorichiq tumani Surankent qishlogʻida vafot etgan va Yuqorichirchiq tumani, Sverdlov nomidagi sobiq kolxoz qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- D.V.Shin, Sovet koreyslari: Sotsialistik Mehnat Qahramonlari, Olmaota: Xizmat matbuoti, 2019-yil
- P.G.Kim, Oʻzbekiston Respublikasi koreyslari, Toshkent, Oʻzbekiston. 1993-yil
- B.I.Kim, Oʻzbekiston koreyslari, Toshkent, 1999-yil