Kontent qismiga oʻtish

Keudenbay Karibayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Keudenbay Keudenbay (1931.12.11, Beruniy tumani — 2002.18.4, Toshkent) — zootexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1984), professor (1986). Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1954). Nukus qishloq xoʻjaligi texnikumida (1954—56), Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida oʻqituvchi (1956—59). 1964-yildan Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutichorva hayvonlarini oziqlantirish va ozuqalar texnologiyasi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqlantirish, ozuqalar sifatini yaxshilash texnologiyalari, paxta shulxasini briketlash, somonni siloslash, tabiiy gilmoyalardan chorva mollari hamda parrandalar ratsionida foydalanish va b. masalalarga bagʻishlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Korma: rezervi i ix ispolzovaniye, T., 1986; Texnologiya prigotovleniya kormov i puti uluchsheniya ix kachestva, T., 1993; Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqlantirish, T., 1999.