Kontent qismiga oʻtish

Kesson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kesson (frans. caisson — yashik) — O (qurilishda) — suv ostida yoki sersuv gruntda suvdan xoli ish joyi (kamera) hosil qilishga imkon beradigan toʻsuvchi qurilma; bunda suv qisilgan havo yordamida qisib chiqariladi. K. yuqorida qurilib, keyin suv ostiga oʻz ogʻirligi bilan tushiriladi. Tuproq qazilgan sari K. pastroq tushaveradi. Gidrotexnika inshootlari, koʻpriklar, tunnellar, chuqur poydevorlar va b. qurishda qoʻllanadi; 2) ( m ye ʼ m o r l i k d a ) — toʻrtburchak (baʼzan koʻpburchak) li ichki gumbaz va ravoq osti yoki shiftning chuqur joyi. K. gumbaz shiftga asos qilib olinadi va bezak vazifasini bajaradi, shuningdek, xona akustikasini yaxshilashda muhim rol oʻynaydi; 3) (kemalarni taʼmirlashda) — kemaning suv ostidagi qismini koʻzdan kechirish yoki taʼmirlash uchun vaqtinchalik suvdan quritadigan qurilma. Kemaning quritiladigan joyi shakliga mos keladigan qilib metall yoki yogʻochdan ishlanadi. K. ichidan suv soʻrib olingandan soʻng u atrofdagi suvning bosimi taʼsirida kema korpusiga zich yopishadi. K. kemani doklarga kiritishdan xoli qilish imkonini beradi; 4) (aviatsiyada) — samolyot kanotiga taʼsir etuvchi va burovchi kuchlarni oʻziga qabul qiladigan ichi havoli qutichasimon lonjeron; 5) (metallurgi ya d a) — ichida sovituvchi suv sirkulyasiyalanadigan poʻlat quticha. Shaxta pechlarining devorlari ana shu K.lardan terib xreil qilinadi. Bulardan tashkari, K.dan marten pechlarining gaz kanallarini sovitishda ham foydalaniladi; 6) (quymachilikda) — quyma qoliplari devorlarini mustahkamlash va oʻnga sizot suvlari sizib oʻtishining oldini olish uchun ishlatiladigan gʻisht yoki betondan ishlangan qurilma (yashik). Chuqur oʻralarda quyma qoliplar tayyorlashda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil