Kontent qismiga oʻtish

Kesaltenango

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kesaltenango — Gvatemaladagi shahar, mamlakat gʻarbida, Vulkan togʻlari orasida, 2350 m balandlikda joylashgan. Kesaltenango departamentining maʼmuriy markazi. K. yonidan Pan-Amerika shosse yoʻli oʻtgan. Aholisi shahar atrofi bilan 300 ming kishi chamasida (1990-yillar oʻrtalari). K. aholisining soni va iktisodiy mavqei jihatidan mamlakatda muhim oʻrin tutadi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil