Kergelen
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kergelen — Hind okeani jan.dagi vulkaniq orollar arxipelagi, Antarktikada. Fransiya mulki. Bitta yirik Kergelen va 300 ga yaqin mayda orollardan iborat. Mayd. 7 ming km2. Bal. 1965 m gacha. Iqlimi subantarktika sovuq iqlim, yillik yogʻin 1000 mm. Kuchli shamol esib turadi. Siyrak oʻt oʻsimliklari oʻsadi. Kergelen o.ning markaziy qismi muzlik bilan qoplangan (mayd. 500 km2).
Doimiy aholisi yoʻq. Fransiyaning Port-o-Franse geofizika st-yasi 1950-yildan ishlab turibdi. Orol 1772-yilda uni kashf etgan fransuz dengizchi-sayyohi I. Kergelen de Tremarek nomi bilan atalgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |