Kontent qismiga oʻtish

Kenotron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kenotron (yun. kenos — boʻsh va elektron) — asosan, sanoat chastotali oʻzgaruvchan tokni toʻgʻrilash (oʻzgarmas tokka aylantirish) uchun moʻljallangan elektr-vakuumli qurilma (diod, lampa). Past va yuqori voltli turlari bor. Past voltli K. anodidati yoʻl qoʻyiladigan teskari kuchlanish 2 kv gacha, toʻgʻri tok kuchi bir necha amperta teng; yuqori voltli K.da teskari kuchlanish 100 kV gacha, toʻgʻri tok kuchi 500 mA gacha boʻladi. Birinchisida choʻgʻlanma katod, qoraytirilgan yoki xiralashtirilgan anodlar (koʻpincha 2 ta), ikkinchisida oksidlangan katod va qoraytirilgan anod (bitta) boʻladi. K.da choʻgʻlama katod qizib elektronlar chiqargani tufayli u tokni faqat bir yoʻnalishda oʻtkazadi. Katodi choʻgʻlanmaydigan K.da faollashgan katoddagi avtoemissiya (elektronlar chiqarish) hisobiga tok oʻtadi. K. radiopriyomniklar, kuchaytirish va oʻlchash apparatlari, rentgen qurilmalari va asboblardagi toʻgʻrilagichlar (oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi qurilmalar) da qoʻllanadi. Yarimoʻtkazgichlar texnikasi taraqqiy etishi munosabati bilan past voltli K. oʻrniga yarimoʻtkazgichli diodlar ishlatila boshladi. Yuqori voltli K.lar hozir ham qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil