Kenema
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kenema — Syerra-Leonedagi shahar, mamlakatning janubi-sharqida. Sharqiy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 300 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Xunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda yirik korxona — yogʻochsozlik kombinati ("Forest indastris" davlat kompaniyasi) mavjud boʻlib, mebel, yogʻoch plitalar va b. ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati (sholi oqlash, kofe, goʻshtni qayta ishlash va hokazo) korxonalari, avtomobil taʼmirlash ustaxonalari, olmosga ishlov berish korxonalari, issiklik elektr st-yasi, texnika instituti bor. Q. x. mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. K. yaqinida xromit konlari topilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |