Kontent qismiga oʻtish

Kendrick Lamar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kendrick Lamar
Tavalludi 17-iyun 1987
Fuqaroligi AQSh[1][2]

Kendrick Lamar Duckworth (1987-yil 17-iyunda tug‘ilgan) - amerikalik reper, qo‘shiq muallifi, prodyuser va tadbirkor. U Kaliforniyaning Kompton shahridan. U o‘zining Overly Dedicated, Section.80, Good Kid, MAAD City, To Pimp a Butterfly va DAMN albomlari bilan mashhur.. Shuningdek, u beshta miksteyp chiqargan.

2013-yil oktyabr oyida Lamar 2013-yilgi BET Awardsda beshta mukofotni qo‘lga kiritdi. U shouda "Money Trees" qo'shig'ini ijro etdi.

U 2013-yil 5-noyabrda chiqarilgan Eminemning The Marshall Mathers LP 2 albomidagi yagona mehmon repper edi.

Lamar Kanye West bilan 2013-yil oktyabr-dekabr oylarida Yeezus Tour doirasida o‘n sakkizta kontsert berdi.

Lamar 2013-yilda yettita Grammy mukofotiga nomzod bo‘lgan[3]. U taqdirlash marosimida Imagine Dragons bilan "m.A.A.d city" va "Radioactive" remiksini ijro etgan[4].

2024-yilda Kendrik Metro & Future’ning Like That qo‘shig‘ida mashhur reper Drake bilan janjal boshlaydi va shu tariqa hip-hop hamjamiyati Drake tarafdorlari va Lamar tarafdorlari o‘rtasida bo‘linib ketadi.

2015-yilda Kendrik Lamar "To Pimp a Butterfly" nomli studiya albumini taqdim etdi. Bu albom Grammy mukofotlarida "Eng yaxshi rep albomi" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, loyiha "Yilning eng yaxshi albomi" nominatsiyasiga ham tavsiya etildi[5]. Albumdagi "I" nomli yagona qo‘shiq 2014-yilda Grammy mukofotlarining "Eng yaxshi rep qo‘shig‘i" va "Eng yaxshi rep ijrosi" nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi. Albumdan yana ikkita qo‘shiq 2015-yilgi marosimda mukofotlarga sazovor bo‘ldi: "Alright" "Eng yaxshi rep qo‘shig‘i" va "Eng yaxshi rep ijrosi" nominatsiyalarida, "These Walls" esa "Eng yaxshi rep/qo‘shiq hamkorligi" nominatsiyasida g‘alaba qozondi[5]. "Alright" shuningdek, "Yil qo‘shig‘i" va "Eng yaxshi musiqiy video" nominatsiyalarini oldi.

2017-yilda Lamar DAMN qo'shig'ini yangicha yaxshilangan versiyada chiqardi. Albom 2017-yilda yettita Grammy mukofotiga nomzod bo‘lgan va beshta g‘olib bo‘lgan[5]. Albom "Eng yaxshi rap albomi" mukofotiga sazovor bo‘ldi, shu bilan birga "Yil albomi" nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. "HUMBLE" singli "Eng yaxshi rap ijrosi," "Eng yaxshi rap qo‘shig‘i" va "Eng yaxshi musiqiy video" nominatsiyalari bilan taqdirlangan, shuningdek, "Yil rekordi" nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan. Qo‘shiqchi Rihanna ishtirokidagi yana bir trek "LOYALTY" eng yaxshi rep/qo‘shiq ijrosi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi[5]. 2018-yilda DAMN musiqa bo‘yicha Pulitser mukofotiga sazovor bo‘ldi va Lamar bu mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi rep ijrochisiga aylandi[6][7].

2018-yilda Lamar "Qora pantera" filmi saundtreki sifatida "Qora pantera" qo'shig'ini chiqardi, Lamar ushbu filmda saundtreklarga javobgar asosiy kurator bo‘lib ishlagan. Ushbu chiqarilgan saundtrek va uning treklari 2018-yilda yilning eng yaxshi albomi uchun yettita Grammy mukofotiga sazovor bo‘ldi. "King‘s Dead" treki (Future, Jay Rock va James Blake bilan) eng yaxshi rep ijrosi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi[5].

2022-yil 13-mayda Lamar musiqa yaratishdan 5 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zining beshinchi studiyaviy albomi Mr. Morale & the Big Steppersni chiqardi[8][9]. U "Eng yaxshi rap albomi" mukofotini qo‘lga kiritdi va 2023-yilgi Grammy mukofotlarida "Yil albomi" nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi[5].