Kontent qismiga oʻtish

Kekkey Genkay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kekkey genkay Naruto anime va manga seriyalarida ba'zi sulolalarga hos hayoliy genetik qobiliyatlar nomi. Bu qobiliyatlarni nusxalab bo'lmaydi. Faqatgina ba'zi sulolalardagina ushbu qobiliyatlarni uchratish mumkin.

Ko'z texnikalari (Dōjutsu 瞳術)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Byakugan (yaponcha: oq ko'z) Hyuga sulolasiga tegishli kekkey genkay. Odatda Hyuga sulolasi vakillarining ko'z qorachiqlari bo'lmaydi. Byakugan aktivlashganda ko'zda ko'z qorachig'i ko'rinishidagi sezilar sezilmas chiziqchalar paydo bo'ladi hamda ko'z atrofidagi tomirlar bo'rtib chiqadi. Sharingan singari dojutsulardan farqli o'laroq, byakugan tug'ilgandan boshlab mavjud bo'ladi.

Byakugan atrofni 360 daraja ko'rish va tanadagi chakra aylanish tizimini ko'rish imkonini beradi. Chakra Naruto animesida kuch, quvvat degan ma'nolarni anglatadi. Chakra aylanish tizimi bu kuchni tanaga yetkazib beruvchi tizimdir. Ushbu tizimini Byakugan orqali ko'rgan har bir kishi raqibining zaif nuqtasini osonlik bilan aniqlay oladi. Nafaqat zaif nuqtani aniqlay oladi, balki raqibidagi chakra miqdorini ham ko'rishi mumkin.

Rin'negan (yaponcha: 輪廻眼?), uchta asosiy ko'z texnikalari (yaponcha: 瞳術 dōjutsu?) ichida eng mashhur va kuchlisi[1]. Rinnegan, ko'z markazidan boshlab bir xil uzoqlikda joylashgan 6ta halqa ko'rinishida bo'ladi. Dunyoni qutqarish yoki yo'q qilib yuborishga qodir kuchga ega deb ta'riflanadi. Rinneganga ega bo'lgan birinchi odam Olti Yo'l Donishmandi (yaponcha: 六道仙人 Rokudō Sennin?) edi. Pain va animening so'nggi qismlarida ekranga chiqqan qahramonlardan biri Madara Uchiha ham ushbu ko'z texnikasiga ega bo'lgan. Rinne (輪廻), Hind dinlaridagi Samsara (reenkarnatsiya va qayta tug'ilish) atamasining yaponcha nomlanishidir.

Uchiha sulolasiga tegishli kekkey genkay. Sharingan ko'zga tegishli qobiliyatlardan biri bo'lib, qo'llanilayotganda ko'z qizil tusga kiradi. Koʻz yuzasida vergulga o‘xshash qora belgilar yuzaga keladi. Sharinganning kuchi va darajasini ko'zdagi ushbu belgilar sonidan bilish mumkin. Sharinganda qancha ko'p vergulga o'xshash belgi bo'lsa, egasi shunchalik kuchli hisoblanadi.

Sharinganning asosiy xususiyatlari: ko'rish qobiliyatini kuchaytirib, harakatlarni ancha osonroq ko'rish va oldindan taxmin qilish, chakrani ko'rish orqali ko'z bilan payqab bo'lmaydigan haddan tashqari tez harakatlarni ko'ra olish, jutsularni nusxalay olish. Sharinganning eng qo'rqinchli xususiyatlaridan biri bu genjutsu.

Mangekyou Sharingan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchiha sulolasining genetik qobiliyatlaridan biri bo'lgan Sharinganning yuqori darajasi. Ushbu qobiliyatga birinchi erishgan odam Indra Otsutsuki. Mangekyou Sharingan o'z egasiga katta kuch baxsh etadi. Itachi Uchihaning aytishicha, Mangekyou Sharinganga erishish uchun eng yaqin do'stini o'ldirish yoki o'limiga guvoh bo'lishi yoxud o'limiga sabab bo'lishi lozim. Mangekyouni davomli ravishda qo'llash ko'rish qobiliyatining pasayishi va ko'r bo'lish xavfining ortishiga sabab bo'ladi.

Abadiy Mangekyou Sharingan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sasukening abadiy Mangekyou Sharingani

Mangekyou Sharingandan foydalanish egasiga jiddiy zarar keltiradi. Mangekyou Sharingan qanchalik ko'p qo'llanilsa, egasi ham asta-sekin ko'r bo'la boshlaydi, to butkul ko'rga aylangunicha. Afsonalarga ko'ra, Madara Uchiha ukasining Mangekyou Sharinganini o'zinikilar bilan birlashtirgach Abadiy Mangekyou Sharinganga erishgan ekan. Ushbu sharinganning Mangekyou Sharingandan ustunligi shundaki, u egasiga zarar keltirmaydi, ko'r bo'lish xavfini tug'dirmaydi va bir qancha kuchli xususiyatlarni paydo qiladi. Abadiy Mangekyou Sharingan qo'llanuvchilaridan yana biri Sasuke Uchihadir.

Chinoke sulolasiga tegishli kekkey genkay. Egasiga genjutsu qilish qobiliyatini beradi.Uning ko`zi ochroqizil tusga kirib,qorachiq tireni eslatishi mumkin.Bu dojutsuning yana bir kuchi shundan iboratki,u odamlarni boshqarishi va ularni kattakon qizil bombga aylantirish.Aytib o`tish joizki ularning genjutsusi hatto uchihalar uchun ham juda murakkab bo`lgan,shu sababli bu ikki sulola qadimdan bir-biriga dushman bo`lishgan.

5 ta element texnikalari (Godai Seishitsu Henka 五大性質変化)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Naruto anime va manga seriyalariga ko'ra ninzalarda tug'ma 5 ta asosiy xayoliy kuchlar mavjud bo'lib, ninjutsu uchun ularning kamida bittasidan foydalana olish lozim. Jonin darajasidagi ninzalar kamida ikkita asosiy elementni o'zlashtirgan bo'lishadi.

Asosiy elementlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy elementlar
  • 火, Katon, Olov
  • 風, Futon, Shamol
  • 雷, Raiton, Chaqmoq
  • 土, Doton, Tuproq
  • 水, Suiton, Suv

Qolaversa, bu elementlardan ikkitasini birlashtirib ishlata oladigan va bu orqali qorishma elementlar paydo qilgan ninzalar ham mavjud.

Qorishma elementlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy va qorishma elementlar
  • 氷, Hyoton, Muz

Suv va shamol elementlarini bir vaqtning o'zida qo'llash orqali paydo bo'ladigan element turi. Yuki sulolasiga tegishli kekkey genkay. Haku ushbu turdagi element foydalanuvchilaridan biri.

  • 嵐, Ranton, To'fon

Suv va chaqmoq elementlarini bir vaqtning o'zida qo'llash orqali paydo bo'ladigan element turi. Daruy, To'rtinchi Raikagening o'ng qo'li, ushbu element (Laser Circus) turi foydalanuvchisi.

  • 木, Mokuton, Yog'och

Suv va tuproq elementlarini bir vaqtning o'zida qo'llash orqali paydo bo'ladigan element turi. Birinchi Hokage Hashirama Senju ushbu element turi foydalanuvchisi.

  • 熔岩, Yoton, Lava

Olov va Tuproq elementlarini bir vaqtning o'zida qo'llash orqali paydo bo'ladigan element turi. Anime seriyasida sement va kauchuk turi deb ham ataladi. Bu elementdan lava sifatida jinchuriki Roshi, beshinchi mizukage Mei Terumi hamda Naruto Uzumaki foydalangan. Kurotsuchi va Kyusuke sement sifatida, Doday esa lastik sifatida foydalana oladi.

  • 沸騰, Futton, Bug'

Olov va suv elementlarini bir vaqtning o'zida qo'llash orqali paydo bo'ladigan element turi. Beshinchi Mizukage Mei Terumi ushbu elementni qo'llay oladigan yagona ninza.

  • 灼遁, Shakuton, Yong'in

Olov va shamol elementlarini bir vaqtning o'zida qo'llash orqali paydo bo'ladigan element turi. Sunagakure qishlog'idan kunoichi (ayol ninza) Pakura ushbu elementning yagona qo'llanuvchisi. Sasuke va Naruto birgalikda hujum qilganda ham ushbu element paydo bo'ladi (amaterasu + rasen-shuriken).

  • 塵遁, Jinton, Zarra

Kekkei Touta: Bir vaqtning o'zida uchta elementni qo'llay oladigan ninzalarda mavjud. Olov, Yer va Shamol elementlarini qo'llashda ustalashgan qahramonlar - ikkinchi Tsuchikage Mu va uchinchi Tsuchikage Onoki ushbu elementni qo'llay oladi.

Boshqa elementlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 炎遁, Enton, Qora olov

Amaterasu qora olovga misol bo'la oladi. Itachi Uchiha va Sasuke Uchiha ushbu elementni Mangekyou Sharingan orqali qo'llay oladi.

  • 晶遁, Shoton, Kristal

Orochimaruning yordamchilaridan biri Guren ushbu texnikaning yagona foydalanuvchisidir.

  • 冥遁, Meiton, Zulmat

"Naruto Shippuden 3: Hi no ishi wo tsugu mono" filmidagi Hiruko ismli qahramon ishlatadigan element turi.

  • 爆遁, Bakuton, Portlovchi

Deidara ushbu texnikaning eng mashhur foydalanuvchilaridan biri. Ivagakure qishlog'i ninza guruhi rahbari Gari ham ushbu texnikadan foydalana oladi.

  • 磁遁, Jiton, Magnit

Oltin zarralarini qo'llay oladigan to'rtinchi kazekage, temir zarralarini boshqara oladigan uchinchi kazekage, Toroi va Shukaku kuchidan foydalanib Magnet Rasengandan foydalana oladigan Naruto ushbu elementning asosiy foydalanuvchilaridir. Bundan tashqari, Gaara ham bu element orqali oltin zarralarini boshqara oladi.

  • 屍骨脈, Shikotsumyaku, Suyak

Orochimaruning yordamchilaridan biri Kimimaroga tegishli texnika.

  • 鋼遁, Koton, Poʻlat

"Naruto Shippûden 3: Hi no ishi wo tsugu mono" filmidagi Hiruko ismli qahramon ishlata oladigan element turi.

  • 迅遁, Jinton, Tezlik

"Naruto Shippûden 3: Hi no ishi wo tsugu mono" filmidagi Hiruko ismli qahramon ishlata oladigan element turi.

  1. Naruto mangasi, 373-bo'lim, 2-3-sahifalar[1]
  1. 1,0 1,1 Naruto manga; 373-bo'lim, 2-3-sahifalar.