Kazuarlar
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kazuarlar | |
---|---|
Biologik klassifikatsiya | |
| |
|
Kazuarlar, Avstraliya tuyaqushlari (Casuariiformes) — koʻkrak-tojsiz, yaʼni yuguruvchi qushlar turkumi. Ikkita oilaga birlashgan 14 turi bor (3 turi emu oilasiga, 11 turi Kazuarlar oilasiga kiradi). Kazuarlar Avstraliyada va uning atrofidagi Yangi Gvineya, Tasmaniya, Seram va Aru kabi orollarda tarqalgan (Avstraliya tuyakushlari nomi ham shundan). Kazuarlarning boʻyi 1,8 m, ogʻirligi 80–90 kg gacha. Oyoqlari kuchli, uch barmoqli. Kazuarlar ucholmaydi, yaxshi yuguradi, qalin tropik oʻrmonlarda yashaydi. Xas-choʻplardan yerda uya quradi, 3–5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumni erkagi bosadi. Tuxumdan 1,5–2 oyda joʻja ochadi. Kazuarlar mevalar va urugʻlar bilan oziqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]