Kontent qismiga oʻtish

Kavsharlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kavsharlash — qattiq materiallar (poʻlat, choʻyan, shisha, sopol va b.) ni eritilgan kavshar bilan biriktirish. K. jarayonida erigan kavshar buyumning qismlari orasidagi oraliqni (tirqishni) toʻldiradi va soviganda qotib tutash kavsharlangan chok hosil boʻladi. Payvandlashyaan farqi K.da kavshar bilan biriktiriladigan buyumning qirralari eritilmaydi. Kavsharlanadigan sirtlar kir va zangdan yaxshilab tozalanadi, tozalangan joyga flyus surkaladi. Flyus sifatida rux xlorid, alyuminiy xlorid, kanifol, borat kislota, bura va b. ishlatiladi. Baʼzan, biriktirishni yengillashtirish uchun K.dan oldin kavsharlanadigan joy qalaylanadi (oqartiriladi). Metallmas materiallarni K.da, oldin ularning sirtlari maxsus moddalar bilan metallanib, soʻngra kimyoviy faol metallar (mas., titan, sirkoniy, xrom) dan iborat boʻlgan kavsharlar bilan yoki odatdagi kavsharlar bilan biriktiriladi. Materiallar kavsharlar bilan birga elektr pechlarda, kavsharlagichlar, gaz gorelkalari, infraqizil hamda lazer nurlari va b. yordamida qizdiriladi. Kavsharlagich bilan K.da avval kavsharlagich kavsharlash lampasi yoki elektr toki bilan qizdiriladi. Kavsharlagich ning qizigan uchi kavsharga tekkazilsa, kavshar erib, kavsharlagichga yopishib chiqadi, uchokka surkaladi. Suyuq kavshar chokni toʻldiradi va tez qotadi. Kavsharlagich bilan ishlash unumsiz boʻlgani uchun sanoatda avtomatlashtirilgan K. mashinalari qoʻllanadi. Vaznsizlik holatida K.ning istiqboli katta. K. avtomobilsozlik, asbobsozlik, elektronika, radiotexnika va b.da qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil