Kattafop
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kattafop — Chilustun togʻ tizmasining shim. yon bagʻrida (Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani), 1025 m balandlikda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning ravoqsimon shakldagi ikkita kirish qismidan katta xonagʻa oʻtiladi. Bu xonaning toʻrida bir qancha yoʻlaklar va kichik xonalar (uz. 8 m, eni 2 m) bor. Gʻorning kirish qismidan to oxirigacha saqni koʻtarilib boradi, gil, tosh parchalari bilan qoplangan. Gʻorning umumiy uz. 70 m ga yaqin, mayd. 238 m2, hajmi 1824 m3. Gʻorda yovvoyi kaptarlar va koʻrshapalaklar yashaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |