Kontent qismiga oʻtish

Katta sfinks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk Sfinks

Buyuk SfinksNil ning gʻarbiy qirgʻogʻida Giza shahrida joylashgan boʻlib u yer yuzida saqlanib qolgan eng qadimgi monumental haykal hisoblanadi.

Giza Sfinksi va Xeops piramidasi

Monolit ohak tosh qoyadan ulkan sfinks shaklida oʻyilgan-qum ustida yotgan sher boʻlib, uning yuziga Firʼavn Xefren (miloddan avvalgi 2575-2465 yillar) bilan portret oʻxshashligi berilgan va uning dafn piramidasi yaqin joylashgan. Haykalning uzunligi 73 metr, balandligi 20 metr boʻlib, uni dunyodagi eng katta bitta toshli haykalga aylantiradi. Old oyoqlari orasida kichik muqaddas joy joylashgan. Qurilishning taxminiy sanasi miloddan avvalgi 2559 yil.

Maqsadi va nomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykal, Nil va koʻtarilayotgan Quyoshga qaratilgan holda joylashgan. Deyarli barcha qadimgi Sharq tsivilizatsiyalari sherda quyosh xudosining ramzini koʻrishgan. Ilk zamonlardan Firʼavn dushmanlarini yoʻq qilgan sher sifatida tasvirlangan. Shu sabab, sfinksni uning atrofida dafn etilgan firʼavnlarning abadiy tinchligining qoʻriqchisi deb hisoblashgan. Atrofdagi ibodatxonalar dastlab quyosh xudosi Ra ga bagʻishlangan edi va faqatgina Yangi shohlik davriga kelib haykal, Хоr bilan (aniqrogʻi Xoremaxet bilan) qiyoslana boshlandi, natijada Аmеnxotep II unga sfinksning shimoli — sharqidagi maxsus maqbara qurdi.[1]

Giza Sfinksi Xefren piramidasi qarshisida

"Sfinks" soʻzi yunonchadan olingan boʻlib, soʻzma — soʻz tarjima qilinganida, "bo'g'uvchi" degan maʼnoni anglatadi, bunday talqinga, Sfinks sirlari haqidagi mashhur afsonada ishora qilingan. Biroq hozirgi kunga qadar, misr tilida shezep - "haykal, tasvir, sfinks" maʼnosidan kelib chiqqanining isbotlari yoʻq.

Sfinksning Arabcha nomi Abu Al-Xaul (Arab. أبو الهول, "dahshatning otasi")- bu Qibtiy tildagi fonosemantik nom boʻlib, Аl-Маkrizi tomonidan avvalgi arablashgan variantlarda Belhib (араб. بلهيب‎) va Belxuaya (араб. بلهويه‎), soʻzlari bilan atalib, Xanaan xudosi Xoron nomiga bogʻlangan.[2]

Yaratilish vaqti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Sfinks qurilishining sababi va aniq vaqti hali ham noaniq boʻlib qolmoqda. Zamonaviy adabiyotlarda qadimgi antik davri mualliflari uning quruvchisi Хеfren (Xafra) boʻlgani haqidagi oʻy-fikrlarini, faqatgina qoʻshni piramidani qurish uchun ishlatilgan tosh bloklarning bir xil oʻlchamidan foydalanilgani bilan asoslaydilar. Bundan tashqari, Sfinks yaqinida arxeologlar qumda Xafrani diorit tasvirini topganlari ham asos sifatiga ishlatilgan.

Sfinksning qurilishiga haqida boshqa fikrlar ham mavjud. 1857–yilda Маriеt tomonidan Giza shahrida topilgan va, ehtimol, fors istilosidan biroz oldin yaratilgan inventarizatsiya stelasida, eskirgan haykalni Xafrening otasi Firʼavn Хеоps (Xufu) qazib, qumdan tozalagan degan fikrni ham olgʻa surganlar. Biroq, aksariyat olimlar ushbu dalillarni keyinchalik ishonchsiz deb rad etishgan. Faqatgina eski maktab tadqiqotchilaridan biri boʻlgan Gaston Маspero stelada keltirilgan maʼlumotlarning ishonchliligini isbotlashga harakat qilgan.

Haykalning buyurtmachisi haqidagi tahminlar esa yanada chalkashroq, sabab haykalning yuzi negroid xususiyatlarga ega, bu esa Xafra va uning qarindoshlarining saqlanib qolgan tasvirlaridan farq qiladi. Sfinksning yuzini kompyuter yordamida Xafraning haykallari bilan taqqoslagan sud-tibbiyot ekspertlari ular bir xil inson emas degan xulosaga kelishdi.[3]

1950-yillardan boshlab mashhur adabiyotlarda Sfinksning Qadimgi shohlik davriga tegishli ekani shubha ostiga qoʻyildi. Bunga asos qilib esa Sfinksning pastki qismi toshning suvda uzoq vaqt qolishi natijasida yuzaga kelgan eroziyaning klassik namunasini koʻrsatildi. Soʻngi marta bundan balandlikka yetuvchi yogʻingarchilik darajasi, Misrda miloddan avvalgi IV va III asr chegaralarida kuzatilgan. Bu holat esa haykal Sulolalar davriga boʻlinishidan yoki undan ham oldingi davrda yatatilgan degan taminni bergan.

Boshining nisbatan kichik oʻlchamlarini Boston geologi Rоbert Shox, "Haykalda dastlab sherning yuzi bo’lgan, fir'avnlardan biri sirli jilmaygan o'z qiyofasiga o’xshatib o'yishni buyurgan" degan farazni olgʻa surgan. Biroq bu gipoteza ilmiy muhitda tan olinmadi.[4]

Rim tarixchisi Pliniy, Katta sfinksni dahshatli mahluqdek tasvirlagan. Oʻrta asr arablari esa ”Ming bir kecha” va boshqa asarlarda uni «dahshat otasi» deb tasvirlagan.

Yangi davrda haykalni birinchi marta italiyalik meʼmor Sebastyano Serlio tasvirlagan. U 1546–yilda Antverpen shahrida qadimgi meʼmorchilik yodgorliklari toʻg'risidagi asarini nashr etgan. Uning sfinksi tabassum qilib turgan ayol yuzi boʻlib, oʻsha vaqtga mos soch turmagi va koʻkragi ham boʻlgan.

Sfenks oʻz yaratilgan davri davomida yelkalariga qadar qumga koʻmilgan boʻlgan. Uni qazib olishga urinishlar qadimgi davrlarda Tutmos IV va Ramses II tomonidan boshlangan. Birinchisi qumdan faqat old oyoqlarini chiqarilgan.

Shuningdek, Sfinks qadimgi yunonlar va rimliklar tomonidan qoʻshimcha bloklar yordamida mustahkamlangan, xususan, panjalar va tokchalar devorlari yordamida.

1817–yilda italiyaliklar Sfinksning butun koʻkragini qumdan tozalashga muvaffaq boʻlishdi va u 1925–yilda ming yillik qum choʻkindilaridan butunlay ozod qilindi.

2014-yilda Sfinks toʻrt oylik restavratsiya jarayonidan oʻtdi, shundan soʻng u sayyohlarga taqdim qilindi.

Yoʻqotishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykalning kengligi 1,5 metr boʻlgan burni yoʻq. Uning yoʻqligi toshning tabiiy yoʻq qilinishi (shamol va namlikning koʻp asrlik taʼsiri) va inson taʼsiri bilan izohlanishi mumkin. Afsonalarga koʻra, haykalning bu qismi piramidalar yaqinidagi turklar bilan Napoleon jangi paytida zambarakning oʻqi bilan urib tushurilgan. Boshqa manbalarga koʻra, Napoleonning oʻrnini inglizlar yoki mamluklar egallaydi.

Sfinksning yuzi

Oʻrta asr Qohira tarixchisi Al-Makrizi 1378–yilda bir soʻfiy aqidaparast fellaxlarni sfinksga oʻz hosilini toʻldirish umidida sovgʻalar olib kelishga majbur qilib, gʻazabga toʻlib, "Idol" ning burnini tortib olganini, buning uchun uni olomon tosh boʻron qilib, yirtib tashlaganini yozgan. Al-Makrizi hikoyasidan xulosa qilish mumkinki, mahalliy aholi uchun Sfinks oʻziga xos timsol, Nil hukmdori boʻlgan. Ular buyuk daryoning toshqin darajasi hamda ularning dalalarini unumdorligi bogʻliq deb hisoblashgan.

Sfinks bizgacha nafaqat burunsiz, balki bayramona yasama soqolsiz ham yetib kelgan. Uning fragment parchalarini Britaniya va Qohira muzeylarida koʻrish mumkin.

  1. Орехов Р. А.. К пространственной ориентации Великого сфинкса,или Куда смотрит «Отец ужаса» // И земля в ликовании... : сборник статей.. ЦЕИ РАН, 2015 — С. 265—282.-bet. ISBN ISBN 978-5-904488-06-2. 
  2. Хавасс.З. Глава 9. Сфинкс. Магия пирамид : приключения археолога. Центр палеоэтнологических исследований, 2021 — С. 102—121.-bet. ISBN ISBN 978-5-6045216-0-1. 
  3. Katheryn A. Bard.. Encyclopedia of the Archaeology of Ancient Egypt. Routledge, 1999. ISBN ISBN 0415185890. 
  4. Ian Shaw. The Oxford History of Ancient Egypt.. Oxford University Press, 2003. ISBN ISBN 0192804588.