Katta hajmli maʼlumot
Katta hajmli maʼlumot (inglizcha: Big data) — katta hajmdagi ma´lumotlarga nisbatan qo´llanadigan termin hisoblanadi(odatda terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasida). Ushbu ma´lumotlarni amaldagi va yangi yaratilayotgan texnologiyalar yordamida to´plash, taqsimlash, o´zgartirishlar kiritish, tahlil qilish, saqlash va vizual shaklda tasvirlash imkoni bo´lishi kerak. Ma´lumotlar miqdorining tez o´sishiga so´nggi yillarda kuzatilayotgan texnologik taraqqiyot va buning natijasi hisoblanmish mashina tomonidan yaratilayotgan ma´lumotlarning ko´payib borishi sababchidir. RFID-texnologiyasining keng tarqalishi, elektron transaksiyalarning moliya sohasida keng qo´llanilishi, ilmiy-tadqiqot muassasalarining to´plagan natijalari, web-texnologiyalarining keng tarqalishi, telekommunikasion tizimlardagi protokollar shular jumlasidandir. Big Data aslida ilmiy-tadqiqotga aloqador sohalarda avvaldan ham mavjud bo´lgan bo´lsa-da, lekin so´nggi yillardagina ushbu fenomen ko´proq tilga olinadigan bo´ldi. Buning sababi shundaki, katta miqdordagi ma´lumotlarni tahlil qilish endi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan ham keng qo´llanila boshlanishi va buning oqibatida ma´lumotlar tahlilining raqobatbardoshlikni oshirish va samaradorlikni kuchaytirish kabi muhim masalasarda asosiy o´rinni egallaganidir. Big Data odatiy Bosh Informasion Mutaxassis (Chief Information Officer - CIO) uchun qo´shimcha vazifalar va talablar yaratishdan tashqari, yangi Ma´lumot Boshqaruvchisi (Data Steward) va Ma´lumot bo´yicha mutaxassis (Data Scientist) kabi kasblarning paydo bo´lishiga olib keldi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |