Kontent qismiga oʻtish

Katla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katla — Islandiya jan.dagi harakatdagi vulkan. Bal. 970 m. Bazalt lavalaridan tuzilgan. Mirdalsyyokyudl muzligining jan.-sharqiy qismi bilan qoplangan. Muz ostidagi otilishlar muzning intensiv erishiga olib keladi va buning natijasida qoʻshni xududlarni suv bosadi. Oqim katta miqdorda piroklastik materiallarni oqizib chiqarib, zandrlar koʻrinishida K. atrofiga yoyadi. 10-asrdan boshlab 14 marta kuchli otilishlar kuzatilgan, ulardan soʻnggilari 1918, 1934 va 1955-yillarda boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil