Kontent qismiga oʻtish

Kashmir qoʻshigʻi (Ikki dil dostoni)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kashmir qoʻshigʻi
Ikki dil dostoni
Muallif(lar) Sharof Rashidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i Qissa
Kino ssenariy
Nashr etilgan sanasi 1997-yilgi nashri
Nashriyot „Sharq“ nashriyoti
Sahifalar soni 112

Kashmir qoʻshigʻi“ (hamda „Ikki dil dostoni“) — yozuvchi hamda davlat arbobi Sharof Rashidov tomonidan 1956 hamda 1959-yillarda yozilib chop etilgan qissa va kino ssenariy[1]. Qissada hind xalqining ozodlik kurashi bosh mavzu boʻlgan boʻlsa, Ikki dil dostoni kino ssenariysida romantik sevgi mavzusi koʻrsatilgan[2]. Kashmir qoʻshigʻi qissasi bilan 1997-yilgi nashrda birga oʻrin olgan „Ikki dil dostoni“ aslida kino ssenariy oʻlaroq yozilgan[3].

Asar taʼrifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kashmir qoʻshigʻi Sharof Rashidov ijodida alohida oʻrin tutgan asarlardan biri hisoblanadi[4]. Kashmir qoʻshigʻi qissasi teatr sahnalarida juda koʻp bora namoyish etib kelingan[5]. Ikki dil dostoni asari asosida esa kinofilm suratga olingan[6].