Kartaxena
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kartaxena — Ispaniyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Mursiya muxtor viloyatida. Aholisi 175,6 ming kishi (1998). Oʻrta dengiz boʻyidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t dan ortiq) va sanoat markazi. Transport yoʻllari tuguni. K. va uning atrofida kemasozlik (jumladan, harbiy kemalar i. ch.), qoʻrgʻoshin va rux eritish, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat (asosan, meva konserva) sanoati korxonalari bor. Shaharga mil. av. 228 yilda Yangi Karfagen nomi bilan asos solingan. Mil. av. 209 yildan mil. 5-asrgacha Rim, 534 yildan Vizantiya, 7-asrdan vestgotlar va 711 yildan arablar hukmronligi ostida boʻlgan. 1234 yilda K. Kastiliyaga qoʻshilgan. 16-asrdan yirik harbiy dengiz portiga aylangan. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |