Kontent qismiga oʻtish

Kars podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kars podsholigi - markazi Kars sh. boʻlgan Vanand viloyatidagi arman davlati (963—1064). K.p. Ani podsholigi parchalanishi davrida tarkibidan ajralib chiqqan, lekin bagratuni sulolasiga mansub Kars podshohlari anilarga qaram boʻlgan. Musheg (963—984) davrida K.p. Vizantiyaga qarshi kurashgan Ani podshoqligining ilgʻor istehkomi rolini oʻynagan; Abbos podshohligi davrida (984—1029) qoʻshinning kuchayishi va qurollanishiga alohida eʼtibor berilganligi sababli, K.p. birmuncha kuch qudratga erishgan. Turk-saljuqlari Zakavkazyega bostirib kirgandan keyin (1064—65) podshoh Gagik (1029—65) oʻz saltanatini Vizantiyaga topshirgan; K.p. hududi Vizantiya saltanatining turksaljuqlar istilosiga karshi kurashida platsdarm vazifasini oʻtagan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil