Karotinoidlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Karotinoidlar – oʻsimliklar, ayrim mikroorganizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar) va hayvonlarning sariq, pushti yoki qizil pigment". K. kimyoviy tabiatiga koʻra, asosan, sikllik tuzilishga ega boʻlgan uglevodlardir. Yogʻlar va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Erkin oqsillar bilan kompleks holda uchraydi. K.dan karotin (oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida), ksantofill (oʻsimliklarning yashil qismida), likopin (pomidor mevasida), kriptoksantin (sariq makkajoʻxori donida), astaksantin (qisqichbaqasimonlar qalqonida), pektinoksantin (mollyuskalar gonadasida) koʻp uchraydi. K. odam va hayvonlar organizmiga, odatda, oziq bilan oʻtadi. K.dan r-karotin va kriptoksantin A provitamin (qarang Vitaminlar) boʻlib, jigarda vitaminga aylanadi. R-karotin tibbiyotda keng qoʻllanadi; K. – oziqovqat sanoatida boʻyovchi modda sifatida ishlatiladi. Karotin preparatlaridan A avitaminozda, uning kolloid suvli eritmalaridan kuygan va sovuq urganda ogʻriqsizlantiruvchi malham sifatida foydalaniladi. Karotin oʻsimliklardan olinadi; mikrobiologiya sanoatida sintez qilinadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |