Karotaj
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Karotaj (frans. carotte — burgʻi kerni; aynan — sabzi) — burgʻi quduqlari va quduqlar atrofidagi togʻ jinslarini elektr, radioaktiv (yadrogeofizik), termik, akustik (ultratovush), magnit, seysmik va b. metodlar yordamida tadqiq qilish. K.dan geologik kesimlarning tarkibi, qatlamlarning qalinligi va foydali qazilmalarni topishda hamda suvning burgʻi kovakka oqib chiqayotgan joyini, kovakning ogʻish burchagi, qatlamlarning yotish burchagini aniqlashda foydalaniladi. Konchilik amaliyotiga kirib qolgan K. termini izohlanayotgan tushunchani yetarlicha bermaydi. Ilmiy-texnika adabiyotlarida K. oʻrnida quduqlarni tadqiq qilishning geofizik metodlari, konchilik geofizikasi, burgʻilash geofizikasi ham qoʻllanadi. Termik metod 1908-yil Boku neft konlarida sinab koʻrildi. 1926-yil Fransiyada yuqori samarali elektrik K. ixtiro qilindi. Chuqur quduqlarni qazishda K. ishlari, albatta, birga olib boriladi. K. stansiyasi deb nomlanuvchi koʻchma avtomatik qurilmada qayd qiluvchi apparatlar, burgʻi kovagiga kerakli pribor va zondlarni koʻtarib tushiruvchi mexanizm va yordamchi uskunalar oʻrnatiladi. K. stansiyasi bir vaqtning oʻzida bir necha fizik parametrlarni yozib olishi mumkin. K. paytida kovakka qabul qiluvchi qurilmalar (mas. elektr K.da elektrodlar, magnit K.da kovak magnitometrlari, seysmik K.da seysmopriyomniklar) tushiriladi. Qurilmalardan olinadigan maʼlumotlar kovak ustidagi maxsus apparatlar yordamida qogʻozga yozib boriladi. K. diagrammalari kovak yuqorisidagi oʻlchanayotgan nuqtagacha hamma parametrlarni egri chiziqlar holatida aks ettiradi. Bu chiziqlar oʻrganilib, kovakning geologik tuzilishi aniqlanadi. Diagrammalarning barcha geologik izohlariga ega boʻlish uchun kompleks metodlardan foydalaniladi. Metodlar togʻ jinslari va rayondagi foydali qazilmalarning fizik xususiyatlari, burgʻilashning texnik sharoitlari va geologik vazifalariga qarab tanlanadi. K. eng qulay, arzon va keng tarqalgan geofizik usullardan biri.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |