Kontent qismiga oʻtish

Karma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karma (sanskritcha — harakat, faoliyat) — hind dinlari (hinduiylik, buddizm, jaynizm) va falsafasining asosiy tushunchalaridan biri. Sansara tushunchasini toʻldiradi. Keng maʼnoda— har qanday tirik mavjudot tomonidan qilingan xatti-harakatlar va ularning oqibatlari majmui boʻlib, tirik mavjudotning yangitdan tugʻilish, qayta mujassamlanish xususiyatini belgilaydi. Tor maʼnoda — hozirgi va kelgusidagi mavjudlik harakteriga xattiharakatlarning koʻrsatadigan taʼsiri.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Hinduizm karmani insonning aqliy yoki jismoniy harakati va bu harakatdan keyingi oqibatlar oʻrtasidagi munosabat sifatida belgilaydi . Shuningdek, u insonning hozirgi va oldingi hayotidagi barcha harakatlarning oqibatlarini va axloqdagi sabab va taʼsir zanjirni anglatadi.