Karl Bryullov
Karl Bryullov | |
---|---|
Avtoportret (1848) | |
Tavalludi |
Charlz Bryulo 12-dekabr 1799[1][2] |
Vafoti |
11-iyun 1852[3][4][5] Manziana, Papa davlati |
Fuqaroligi | rus |
Kasbi | Rassom |
Faoliyat yillari | Rus rassomi (1799-1852) |
Otasi | Paul Bruleau |
Mukofotlari | Imperial Badiiy Akademiyasi Medali (1821) |
Karl Pavlovich Bryullov (1799. 12 (23). 12, Peterburg 1852.11(23).6, Marchano, Rim yaqinida) – rus rassomi. Peterburg Badiiyot akadimyasida taʼlim olgan (1809_1821). 1835-1850 yilda Italiyada yashagan. 1836-yildan Peterburg Badiiyot akadimyasida professor Bryulo rus rang tasviridagi klassitsizm oqimiga romantizm va hayotdan zavqlanish kayfiyatini olib kirdi. Asarlari insonning goʻzal, nafis histuygʻularini kuylashi („Virsaviya“, 1812), obrazlarining dramatik qudrati („Pompeyning soʻnggi kuni“, 1830— 33), realistik anʼanalar, nozik psixologizmi (M. Lanchi portreti, 1851; avtoportret, 1848) bilan ajralib turadi.
Bryulovning mujassamot tuzish va bezash mahorati ayniqsa hashamdor portretlarda toʻla namoyon boʻlgan. „Chavandoz ayol“ (1832), „N. V. Kukolnik“ (1836), „I. A. Krilov“ (1839) va boshqa asarlari rus realistik portretining katta yutugʻi boʻldi. Bryulo akvarel va rasm ustasi hamdir (italiyaliklar maishiy hayotidan lavhalar, Gresiya va Turkiya safarlari chogʻidagi manzara va chizgilari, 1835).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bryullov Karl rasmlari – yuqori aniqlikdagi
- Briullov rasmlarining onlayn galereyasi
- Brullovning Rossiya sanʼat galereyasidagi rasmlari
- Karl Brulloff. Pompeyning oxirgi kuni
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |