Kontent qismiga oʻtish

Karimxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karimxon, Zand, Muhammad (1704/51779) — Erondagi zandlar sulolasi asoschisi. Uzoq davom etgan ichki nizolardan soʻng Eronni (Xurosondan tashqari) birlashtirgan va vakil nomi bilan hokimiyatni yolgʻiz oʻzi boshqargan (1760—79). Urushlarda vayron boʻlgan Eronni yuksaltirish maqsadida sugʻorish tizimlarini tiklagan, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoni (Ost-Indiya kompaniyasi bilan 1763-yildagi savdo bitimi) rivojlanishiga homiylik qilgan; dehqonlardan olinadigan soliqarni kamaytirishga, mulkdorlarning zoʻravonligini cheklashga harakat qilgan. Sherozni mamlakat poytaxtiga aylantirgan (1760), bu yerda saroy, masjid, bozor, karvonsaroylar qurilgan. Hofiz va Saʼdiy Sheroziy maqbaralari qayta tiklangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil