Kontent qismiga oʻtish

Karim Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karim Ahmedov
Ahmedov Karim Sodiqovich
Tavalludi 19-fevral 1914-yil
Vafoti 1996
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Karim Sodiqovich Ahmedov (19-fevral 1914-yil; Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1968). Kimyo fanlari doktori (1958), professor (1960). Oʻrta Osiyo universitetini bitirgan (1937). Toshkent Davlat universitetida kafedra mudiri (1953—1972). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1958-1981), shu institut direktori (1965-1972), ToshPI rektori (1972-1988), kafedra mudiri (1973-yildan). Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorati qoshida maslahatchi (1991-yildan). Karim Ahmedov Oʻzbekistonda birinchilar qatorida tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan olingan yuqori molekulyar birikmalarning fizik va termokimyosi sohasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning ilmiy ishlari asosan kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid boʻlib, suvda eruvchan polielektrolitlar, quyi va yuqori molekulyar sirt-faol moddalar olishning yangi yoʻnalishlarini ochish hamda amalga tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1998).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil