Kontent qismiga oʻtish

Karidopita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karidopita (grekcha: Καρυδόπιτα) — asosan yongʻoqdan tayyorlanadigan va sirop bilan toʻldiriluvchi yunon shirinligi. Uning nomi ikkita yunoncha soʻzdan: καρύδι + πίτα — („yongʻoq + pirog“) dan kelib chiqqan[1].

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarkibiy mahsulotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 10 ta tuxum
  • 10 oshqoshiq yirik toʻgʻralgan yoki maydalangan yongʻoq
  • 10 oshqoshiq non uvoqlari
  • 10 oshqoshiq shakar
  • 1 paket qavartma kukuni
  • Osh sodasi (qoshiq uchida)
  • 2-3 vanil
  • Ozroq dolchin
  • 1 ¾ stakan suv
  • 650 gramm shakar
  • Ozroq limon sharbati

Non uvoqlari yoki un maydalangan va tuyilgan yongʻoq, dolchin, qavartma kukuni bilan aralashtiriladi, suv yoki sut qoʻshiladi. Alohida idishda sariyogʻ va shakar koʻpirtiriladi, ichiga tuxum solinadi. Xamir aralashtiriladi va oldindan yogʻlanga qolip ichiga joylanadi. Pishgan shirinlik boʻlaklarga boʻlinib, ustidan sirop quyiladi. Siropning tarkibiy mahsulotlari shakar, suv va limon sharbatidan iborat.

Baʼzi retseptlarda pishiriqqa keng tarqalgan qoʻshimchalar ham qoʻshiladi, bular apelsin sedrasi, qalampirmunchoq, jigarrang shakar, rom yoki konyak hisoblanadi[2][3].

Bu glyka tapsiou — pishiriq qoliplarida tayyorlanuvchi pirog va non kabi shirinliklarning keng tarqalgan turlaridan biridir. Shu turdagi ommalashgan shirinliklar orasida galaktobureko, amigdalopita va kadaifi bor[4]. Vasilopita bilan bir qatorda karidopita ham Rojdestvo va Yangi yil bayrami shirinligi hisoblanadi. Karidopitaning bir boʻlagi yunonlarning Qorbobosi - Avliyo Vasilis uchun archa daraxti ostiga qoʻyiladi[5][6].

  1. „Greek Walnut Cake Recipe - (Karidopita) - Recipe for Greek Walnut Cake - Karidopita (Karithopita)“. greekfood.about.com. 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  2. „Karydopita | Greek Food - Greek Cooking - Greek Recipes by Diane Kochilas“. dianekochilas.com. 2017-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  3. „Karidopita (Greek Nut Cake) Recipe“. food.com. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  4. Goldstein, Darra. The Oxford Companion to Sugar and Sweets — 310-bet. 
  5. S Novim 2016 Godom i Rojdestvom! I resept vasilopiti
  6. Karidopita (orexoviy pirog)