Karen Nyberg
Karen Nyberg | |
---|---|
Tavalludi |
Karen LuJean Nyberg 1969-yil 7-oktyabr (52 yosh) Parkers Prairie, Minnesota |
Fuqaroligi | amerikalik |
Kasbi | Mexanik muhandis |
Turmush oʻrtogʻi | Dag Xerli |
Karen Nyberg (talaffuzi: Karen Nayberg 1969-yil 7-oktyabrda tug'ilgan) - amerikalik muhandis va nafaqadagi NASA astronavti . Nyberg 2008-yilda o'zining birinchi missiyasini amalga oshirgan.
Nyuberg o'zining kosmik karerasini 1991-yilda boshlagan va 2008, 2013-yillarda kosmosda jami 180 kun o'tkazgan ( STS-124 da missiya bo'yicha mutaxassis va "Soyuz TMA-09M" da parvoz muhandisi sifatida).
Ta'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nyberg 1994-yilda Shimoliy Dakota universitetining mexanik muhandislik fakultetini yuqori baho bilan tamomlagan. U Ostindagi Texas universitetida o'qishni davom ettirdi. Uning ilmiy ishi: inson termoregulyatsiyasi va eksperimental nazorat, kosmik kostyumlarda termal neytrallikni nazorat qilishga qaratilgan. Nyberg Ostin BioHeat Transfer Laboratoriyasida 1998-yilda yuqoridagi ilmiy ishi uchun doktorlik darajasini oldi[1][2].
Karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2000-yil iyul oyida NASA tomonidan astronavt nomzodi sifatida tanlangan. Ikki yillik o'qitish va baholashdan so'ng u missiya bo'yicha mutaxassis sifatida malakaga ega bo'ldi va Astronavtlar ofis stantsiyasining operatsiyalari bo'limida texnik vazifalarga tayinlandi. U XKSda olti oylik missiyasi davomida 6- ekspeditsiya ekipajini qo'llab-quvvatlovchi astronavt bo'lgan. 2006-yil iyul oyida Nyberg Aquarius suv osti laboratoriyasida chuqur dengizdagi NEEMO 10 ta'lim va simulyatsiya mashqlarida qatnashdi. Nyuberg va uning ekipajdoshlari yetti kun davomida suv ostida amalyot o'tadilar[3][4].
Nyberg 2008-yil may oyida ISSga uchgan STS-124 ekipajida edi. Bu Yaponiyaning Kibō laboratoriyasini yakunlash uchun komponentlarni yetkazib berish bo'yicha, uchta parvozdan ikkinchisi edi[1]. 2009-yil may oyida u STS-132 missiyasiga tayinlandi, ammo vaqtinchalik tibbiy holat tufayli, o'rniga boshqa nomzod tayinlandi[5]. Nyuberg 36/37 ekspeditsiyasida bort muhandisi sifatida, keyingi topshirig'ini olguncha texnik xodim sifatida ishladi.
2013-yilda Nyberg "Soyuz TMA-09M" kemasida uchirilgan ISS 36 - ekspeditsiya va 37 -ekspeditsiyalarida bort muhandisi bo'lib ishlagan.
2013-yildagi missiyasi tugaganidan keyin Nyberg NASAda Space Shuttleda, Robototexnika bo'limi boshlig'i sifatida faoliyat olib bordi[6]
Nyberg 2020-yil mart oyida NASAdan nafaqaga chiqdi[7].
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nybergning ona shahri - Vining, Minnesota bo'lib, asl vatani Norvegiya[8][9]. U kosmonavt Dag Xerli bilan turmush qurgan va ularning Jek Xerli ismli o'g'li bor [10]. Ular Texasning League City shahrida birga yashaydilar. Uning qiziqishlari orasida yugurish, tikuvchilik, rasm chizish, pianino va oilasi bilan vaqt o'tkazish kiradi. Uning ota-onasi Kennet va Fillis Nayberg hali ham Vining shahrida istiqomat qilishadi[1].
Mukofot va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]U ko'plab mukofotlarni qo'lga kiritdi, jumladan UND Yosh bitiruvchilari muvaffaqiyati mukofoti (2004); Kosmik qonun mukofoti (1993); NASA OAJ Patent arizasi mukofoti (1993); NASA Tech Briefs mukofoti (1993); NASA AJ Kooperativ ta'lim uchun maxsus muvaffaqiyat mukofoti (1994); Joys Medalen muhandislar jamiyati mukofoti (1993–94); DJ Robertson Akademik muvaffaqiyat mukofoti (1992); Shimoliy Dakota universiteti muhandislik va konchilik maktabi faxriy xizmat mukofoti (1991–1992)[1].
U 2014-yilda NASAning “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- NASA bio (Wayback Machine saytida 2022-10-09 sanasida arxivlangan) -mart, 2016 yil
- Karen L. Nybergning Spacefacts Hayoti
- Karen Nyberg Twitter sahifasi
- Karen Nyberg Shows How You Wash Hair in Space YouTubeda
- Karen Nybergning rasmiy veb-sayti
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Astronaut Bio: Karen L. Nyberg“ (2016-yil mart). 2020-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Karen Nyberg“ (2007-yil 26-mart). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-aprel.
- ↑ NASA. „NASA Uses Undersea Lab to Prep for Future Space Exploration“. NASA (2006). Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
- ↑ „NASA Space Simulation and Training Project: NEEMO 10“ (2010-yil 18-may). 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
- ↑ NASA Assigns Crew for STS-134 Shuttle Mission, Change to STS-132 NASA release : 09-187 – August 11, 2009
- ↑ Whiting, Melanie. „Karen L. Nyberg (PH.D.) NASA Astronaut“ (en). NASA (2016-yil 3-mart). 2020-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ Avedisian. „Veteran Astronaut Karen Nyberg Retires from NASA“. NASA (2020-yil 31-mart). Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
- ↑ Nyberg. „@GnarkillHewra Norwegian. Ancestors of both my mother & father settled in Minnesota.“. @astrokarenn (2013-yil 10-may). Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.
- ↑ NRK. „"Norske" Karen til verdensrommet“ (no). NRK (2013-yil 29-may). Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.
- ↑ Berger, Eric. „NASA family out of this world: Astronaut parents disprove that the sky's the limit when it comes to raising their son at home“. Houston Space Chronicle (2013-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.