Karel Loprais
Karel Loprais | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Chexiya |
Tavallud sanasi |
4-mart 1949-yil Ostrava, Chexiya |
Vafot sanasi |
30-dekabr 2021-yil (72 yoshda) Nový Jičín, Chexiya |
Karel Loprais — (1949-yil 4 martda tavvalud topgan; 2021-yil 30-dekabrda vafot etgan) chexiyalik ralli reyd haydovchisi va yuk mashinalari toifasida Dakar rallisining olti karra gʻolibi hisoblanadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karel 1967-yilda Chexoslovakiyaning Kopřivnitse shahridagi Tatra shahrida zavod ishchisi sifatida ishlay boshlagan, keyinchalik sinov haydovchisi boʻlib poygalarga kirib kelgan. Loprais birinchi marta 1986-yilda Dakar rallisida Tatra 815 yuk mashinasi bilan bellashgan. Oxirgi bosqich yakuniga kech yetib kelgani uchun 2-o‘rindan diskvalifikatsiya qilingan. U 1986—2006-yillar davomida 19 marta musobaqalarda qatnashgan va oltita unvon (1988-yil, 1994-yil, 1995-yil, 1998-yil, 1999-yil, 2001-yil), toʻrtta ikkinchi oʻrin (1987-yil, 1996-yil, 2000-yil, 2002-yil), bitta uchinchi oʻrin (1992-yil), ikkita toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
1994-yilda ikkinchi gʻalabasi va umumiy avtokamionlar toifasida 6-oʻrinni egallaganidan soʻng, baʼzi ommaviy axborot vositalari uni Monsieur Dakar deb eʼtirof etishgan[1].
Dakar rallisidan so‘ng 1993-yilda Parij-Moskva-Pekin rallisida (3-o‘rin), 1995-yilda Master Rallye (4-o‘rin) va 1999-yilda (3-o‘rin) va 2000-yilda (2-o‘rin) BAA Desert Challenge musobaqalarida ishtiroki bilan faoliyati nihoyasiga yetgan.
Shaxsiy hayot va vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loprais Ales Lopraisning amakisi boʻlgan, u ham yuk mashinasi haydovchisi sifatida tarixga kirgan[2]. Loprais 2021-yil 30-dekabrda 72 yoshida Novy Jičin shahridagi kasalxonada o'tkir nafas yetishmovchiligi, yuqori va quyi nafas yo'llarini keskin buzilishi va ikkilamchi kassaliklarini zo'ayishi natijasida, COVID-19 diagnozi bilan vafot etgan[3][4].
Dakar Rallisi natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Turi | Transport vositasi | Darajasi | Bosqichlardagi gʻalabalar soni |
---|---|---|---|---|
1986-yil | Yuk mashinalari | Tatra | Yoʻq | ? |
1987-yil | 2 | ? | ||
1988-yil | 1 | ? | ||
1989-yil | Yuk mashinalari turkumiga kirmaydi. | |||
1990-yil | Yuk mashinalari | Tatra | 4 | ? |
1991-yil | 4 | ? | ||
1992-yil | 3 | ? | ||
1993-yil | ||||
1994-yil | Yuk mashinalari | Tatra | 1 | ? |
1995-yil | 1 | ? | ||
1996-yil | 2 | ? | ||
1997-yil | Yoʻq | 2 | ||
1998-yil | 1 | 2 | ||
1999-yil | 1 | 1 | ||
2000-yil | 2 | 3 | ||
2001-yil | 1 | 8 | ||
2002-yil | 2 | 1 | ||
2003-yil | Yoʻq | 1 | ||
2004-yil | 7 | 2 | ||
2005-yil | Yoʻq | 0 | ||
2006-yil | Yoʻq | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Agence France-Presse. „Karel Loprais forfait pour le Dakar“. Réseau des sports, 2 November 2006. Retrieved on 17 May 2013.
- ↑ Radio Prague: Czech truck crew drops out of Dakar Rally after accident
- ↑ „Motoristický svět v slzách. Zemřel Karel Loprais, několikanásobný vítěz Rallye Dakar“ (cs). FlashNews.com. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
- ↑ „Karel Loprais, leyenda del Dakar, fallece por covid-19“. Soy Motor (2021-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.