Kontent qismiga oʻtish

Karbonatit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karbonatit — magmatik yoki metasomatik yoʻl bilan kelib chiqqan togʻ jinsi, asosan, karbonatlardan tashkil topgan. Murakkab intruziv jinslar tarkibiga kiradi; oqib chiqqan K. oqimlar va tuf qoplamlari koʻrinishida uchraydi. Tarkibiga koʻra, kalsitli, dolomitli, ankeritli va sideritli K.lar farq qilinadi. K. bilan tantal va niobiy rudalari, apatit, flogopit va b. kamyob yer elementlari konlari bogliq. K. Oʻzbekistonning gʻarbida (Nurota va Quljuqtovda) topilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil