Kontent qismiga oʻtish

Kapuns

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Kapuns (nemischa: capuns ) — Shveytsariyaning Grabyunden kantonining anʼanaviy taomi boʻlib, asosan, gʻarbiy qismida tayyorlanadi[1].

Bir versiyaga koʻra, nomi romansh tilidagi chapun — xoʻrozcha soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, kapunsni, koʻpincha, xoʻrozcha goʻshtidan pishirishgan. Yozma manbalarda birinchi marta 1742-yilda tilga olingan[2].

Ichki masalligʻi ziravorlar[3] va quritilgan goʻsht boʻlaklari, masalan, mol goʻshti[4] yoki Zals (dudlangan kolbasa) qoʻshilgan xamirdan tayyorlanadi va doʻlma kabi mangold bargiga oʻraladi. Ular shoʻrva, sut va suvda qaynatiladi va qirilgan pishloq bilan dasturxonga tortiladi[5].

  1. Charly Bieler, Evelyn Lengler (2006). Capuns Geschichten, p. 303. Desertina Verlag Bündner Monatsblatt, Chur. ISBN 978-3-85637-306-1.
  2. Екатерина Пугачёва, Сергей Серебряков. Швейцария. Скуоль: Путеводитель. Ардженто Груп, 2017. ISBN 5040861443, 9785040861446. 
  3. Flinn, C.. Fresh Canadian Bistro: Top Canadian Chefs Share Their Favourite Recipes. Formac Publishing Company Limited, 2009 — 58-bet. ISBN 978-0-88780-853-1. Qaraldi: 5-noyabr 2016-yil. 
  4. Steves, R.. Rick Steves Switzerland, Rick Steves. Avalon Travel Publishing, 2014 — 312-bet. ISBN 978-1-61238-766-6. Qaraldi: 5-noyabr 2016-yil. [sayt ishlamaydi]
  5. Nicola Williams (2009), Lonely Planet Switzerland (6-nashr), Lonely Planet, 44-bet, ISBN 978-1-74104-785-1, qaraldi: 2010-10-23