Kapsula shaklidagi mehmonxona
Kapsula mehmonxona ( yaponcha: カプセルホテル ), Gʻarb dunyosida pod hotel nomi bilan ham mashhur boʻlgan,[1] Yaponiyada ishlab chiqilgan mehmonxona turi boʻlib, kapsula shaklidagi koʻplab kichik xonalardan iborat. Kapsula shaklidagi mehmonxonalar - odatiy mehmonxonalar tomonidan taklif qilinadigan kattaroq, qimmatroq xonalarni talab qilmaydigan yoki sotib olishga qodir bo'lmagan mehmonlar uchun arzon, oddiy tungi turar joyni ta'minlab beradi.
Dunyodagi birinchi kapsula shaklidagi mehmonxona 1979 yilda Yaponiyaning Osaka shahrining Umeda tumanida ochilgan va Kisho Kurokava tomonidan ishlab chiqilgan. U[2] yerdan Yaponiyaning boshqa shaharlariga tarqaldi. Shundan soʻng kontseptsiya Belgiya,[3] Xitoy,[4] Gonkong,[5] Islandiya,[6] Hindiston,[7] Indoneziya,[8] Isroil,[9] kabi boshqa turli hududlarga keng tarqaldi.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mijoz uchun xona - bu bir kishilik yotoqning uzunligi va kengligi bilan teng boʻlgan xona bo'lib, mehmonxona mehmoni emaklab kirib, karavotga o'tirishi uchun yetarli balandlikda. Xonaning devorlari yog'och, metall yoki har qanday qattiq materialdan tayyorlanishi mumkin, lekin ko'pincha shisha tolali yoki plastik xomashyodan tayyorlanadi. Xonadagi qulayliklar odatda kichik televizor, konditsioner, elektron konsol va elektr rozetkalarini o'z ichiga oladi. Kapsula koʻrinishidagi xonalar yonma-yon joylashtirilgan, hamda balandligi ikki birlik oʻlchamdagi zinapoyalar orqali ikkinchi qavatdagi xonalarga kirishni ta'minlaydi. Kapsulaning ochiq tomoni shaxsiy chegarani saqlash uchun parda yoki qattiq eshik bilan yopilishi mumkin, lekin eshiklar faqat ichkaridan qulflanadi.[10]
Man balar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Kapsula shaklidagi mehmonxona haqida turkum mavjud |
- ↑ „Pod Hotels: Small, Stylish, and Cheap“. Fodors.com (2007-yil 31-dekabr). 2015-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-mart.
- ↑ „Capsule Inn Osaka“ (ja). Qaraldi: 2010-yil 24-dekabr.
- ↑ „Trend alert: Belgium opens Europe's first capsule hotel“. CTV News (2014-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
- ↑ „China's first capsule hotel opens in Xi'an“. Cnngo.com. CNN Travel (2012-yil 14-may). 2012-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-noyabr.
- ↑ „Sleep – Hong Kong's first capsule hotel“. Perspective Global (2017-yil 27-yanvar). 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-fevral.
- ↑ „Svefnhylki komin á hótelmarkaðinn“. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ „With 50 sq ft, India's first pod hotel opens in Mumbai“. dna (2017-yil 3-mart). Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
- ↑ „Kamar Kapsul TAB Hotel Kini Hadir di Kayoon Surabaya, Cukup Bayar Segini Sudah Dekat Pusat Kota!“. Tribun Jatim (2017-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
- ↑ „רשת המלונות החדשה שמציעה חדרים ב-99 שקלים ללילה“. Israel Hayom (2022-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
- ↑ Morrison. „What It's Like To Stay At A Japanese Capsule Hotel“. Forbes (2016-yil 24-iyul). Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.