Kontent qismiga oʻtish

Kapsula

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kapsula lotin tilida(lotincha capsula — quticha) — 1) biol.da — odam va hayvonlarda turli aʼzolar va ularning ayrim qismlarini yoki patologik tuzilmalar (mas, oʻsma)ni oʻrab olgan parda (mas, jigar K.si, buyrak K.si, boʻgʻim K.si va b.). Asosan, tolali biriktiruvchi toʻqima, baʼzan yogʻli kletchatkadan tuzilgan boʻladi; 2) farmakologiyada — yutiladigan dorilar solinadigan gʻilofcha; jelatina yoki kraxmalli boʻladi. Ogʻiz shilliq pardasini taʼsirlanishdan saqlaydi, dorining yoqimsiz hidi yoki taʼmi odamga sezilmaydi. K.ni ochmasdan butunligicha yutilaveradi; 3) mikrobiologiyada — K.li bakteriya hujay-ralari atrofidagi shilliq qavat.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil