Kapillyar hodisalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kapillyar hodisalar – birbiriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan suyuqlik)ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Masalan, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) naydagi hoʻllaydigan suyuqlik sirti botiq, hoʻllamaydigan suyuklik sirti qavariq boʻladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil boʻladigan kapillyar bosim natijasida idish (mas, kapillyar nay)dagi suyuqlik maʼlum balandlik h ga koʻtariladi yoki pasayadi. Bunda -£- = pgh formula oʻrinli. o —suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta, r — suyuqlik zichligi, g — erkin tushish tezlanishi. Balandlik h ni aniqlash uchun suyuqlik sirtining egrilik radiusini kapillyar radiusi g ga almashtiriladi:bunda: g — kapillyar radiusi, 9 — chegaraviy burchak, demak, h=2a/prg. Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta qancha katta, kapillyar nayning radiusi bilan suyuqlik zichligi qancha kichik boʻlsa, kapillyar nayda suyuqlik shuncha baland koʻtariladi. K. h. tabiatda, kundalik turmushda, texnikada katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarning oziqlanishi, organizmda moddalar almashinuvi, tuproq va yer osti suvlarining koʻchishi, gʻovak moddalarning suv shimishi, texnikada keng tatbiq qilinadigan flotatsiya (mas, foydali qazilmalarni boyitish) jarayoni K. h.ga bogʻliq.
K.h.ni birinchi boʻlib Leonardo da Vinchi (16-asr), soʻngra B. Paskal (17-asr) va J. Jyuren (18-asr) kapillyar naychalar bilan tajribalar oʻtkazayetganda kashf etishgan. K. h. nazariyasini T. Yung (1805), P.Laplas (1806), J. U. Gibbs (1875) va I. S. Gromeka (1879, 1886) ilmiy ishlarida rivojlantirganlar.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Adam N. K., Fizika i ximiya poverxnostey, per. s ang ., M., 1947; Gromeka I. S, Sobr. soch., M., 1952; Fisher I. 3., Statisticheskaya teoriya jidkostey, M., 1961; S ivu xin D. V., Obshiy kurs fiziki, t. 2, M., 1975.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |