Kaolinit
Kaolinit — qat-qatli silikatlar kenja sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi Al4[Si4Ol()](OH)8. Gillarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. K.ning politipli modifikatsiyalaridan dikkit va nakrit maʼlum. Monoklin singoniyali, olti qirrali kristallchalar shaklida. Qattikligi 1 — 1,5; zichligi 2,5—2,7 g/sm3, kuchli gigroskopik. Sof xrlda rangi oq, qoʻshimchalari boʻlsa sargʻish, baʼzan qizil, qora va och-yashil rangda ham boʻladi. K. keng tarqalgan ikkilamchi mineral. Nurash jarayoni mahsuli. Turli choʻkindi togʻ jinslari tarkibida mavjud. H2S04fl a qaynatilganda eriydi. Quruq K. suvni tez shimadi va yopishqoq gil hosil qiladi. K., asosan, kaolinlanish natijasida hosil boʻladi, Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Chinni va fayans, keramika, rezina sanoatida, qurilishda, qogʻoz i.ch.da (toʻldiruvchi va qoplovchi) ishlatiladi. K.dan alyuminiy ham olish mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |