Kannibalizm
Kannibalizm (fransuzchada cannibale, ispanchada canibal) — biologiyada hayvonlarning ozuqa yetishmovchiligi natijasida oʻz turidagilarni yeyishi. Masalan, bo'rilar tugʻgan bolalarini, baʼzi qoʻngʻizlar esa tuhumlarini. Evolyutsiya jarayoni natijasida kelib chiqgan doimiy kannibalizm ham mavjud (qoraqurtlar va beshikterbatarlarning urgʻochilari, ularni urugʻlagan erkaklarini yeyishi).
Kannibalizm (frans. cannibale — odamxoʻr) — odam goʻshtini odam yeyishi. Tosh davrining eng qadimgi bosqichida yashagan ibtidoiy odamlarga xos. Keyinchalik oziq-ovqat resurslari koʻpaygach, ocharchilik vaqtlaridagina kamdan-kam uchraydigan hodisa sifatida saqlangan. Biroq diniy kannibalizm odamlar orasida ancha vaqt saqlanib qolib, odamlar oʻldirilgan dushmanlar, oʻlgan qarindoshlar jasadlarining turli qismlarini yeyishgan; bu hodisa odamlar oʻlikning kuch-quvvati va boshqa xususiyatlari uning goʻshtini yegan odamga oʻtadi degan qarashlar natijasida kelib chiqqan[1].
Biologiyada „odamxoʻr“ va „kannibal“ tushunchalari bir xil maʼnoni anglatmaydi. Bunda kannibal deb oʻz turiga mansub hayvonlarni yeydigan hayvonlarga, odamxoʻr deb esa odam yeydigan yirtqichlarga aytiladi.
Nomining kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kannibal soʻzi kaniba soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, Bagama orollarining aholisi Xristofor Kolumbni odamxoʻr maʼnosida Kaniba der edilar. Gerrerga koʻra esa „canibal“ soʻzi „jasur“ maʼnosini anglatadi.